add

O‘zbekiston MOda Flexrotor dronlarini xarid qilgan birinchi davlat bo‘ladi

Bugun 21:155291

O‘zbekiston Airbus’ning Flexrotor taktik uchuvchisiz tizimlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

O‘zbekiston MOda Flexrotor dronlarini xarid qilgan birinchi davlat bo‘ladi

O‘zbekiston Airbus’ning eng yangi Flexrotor uchuvchisiz tizimini amaliyotga joriy etayotgan Markaziy Osiyodagi ilk davlatga aylanadi. Komleks yetkazib berilishi bo‘yicha shartnoma harbiy va ikkiyoqlama mahsulotlar importi uchun mas’ul bo‘lgan Uztechtrade davlat korxonasi bilan imzolangan.

Airbus Helicopters ijrochi vitse-prezidenti Olive Mishalonning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning tanlovi «burilish nuqtasi» bo‘lib, mamlakatning ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va Airbus bilan pilotli hamda uchuvchisiz platformalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish istagini ko‘rsatadi.

Flexrotor — Airbus tomonidan vertikal uchish va qo‘nishga mo‘ljallangan taktik uchuvchisiz tizimlar segmentidagi eng yangi ishlanma. 25 kilogramm vaznga ega ixcham qurilma razvedka, kuzatuv, nishon ko‘rsatish va ma’lumot yig‘ish vazifalarini bajara oladi. U uzluksiz 12–14 soat parvoz qila olishi bilan ajralib turadi.

Tizim mustaqil ravishda atigi 3,7×3,7 metr maydonda — quruqlikda yoki suvda — uchib ko‘tarilishi va qo‘nishi mumkin, bu uni ekspeditsion va dala sharoitidagi operatsiyalar uchun qulay qiladi.

Dron turli xil foydali yuklar bilan jihozlanadi — elektro-optik tizimlardan tortib maxsus sensorlargacha, bu esa uni buyurtmachining aniq vazifalariga moslash imkonini beradi.

Xabar qilinishicha, O‘zbekiston Flexrotor'dan “«pilotli va uchuvchisiz aviatsiya hamkorligi» ssenariylarida foydalanmoqchi. Ya’ni dronni vertolyotlar bilan birgalikda qo‘llash orqali vaziyatni kuzatish imkoniyatini kengaytirish va missiyalar samaradorligini oshirish rejalashtirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston MOda Flexrotor dronlarini xarid qilgan birinchi davlat bo‘ladi | Vaqt.uz