add

O‘zbekiston U-23 penaltilar seriyasida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

Kecha 20:331 daqiqa

Olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogining chorak finalida Xitoyga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

O‘zbekiston U-23 penaltilar seriyasida Xitoyga mag‘lub bo‘ldi

17-yanvar kuni 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston U-23 va Xitoy U-23 o‘zaro bahs olib bordi. Bellashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Prince Abdullah Al Fai Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ilk daqiqalardanoq shiddatli kurashlar bilan boshlandi. Har ikki jamoa ham bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Xitoy jamoasi faollikni oshirdi. Biroq qisqa vaqt ichida Ravshan Haydarov shogirdlari tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. O‘zbekiston jamoasi bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo Xitoy darvozabonining ishonchli harakatlari hisob ochilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlanganidan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlar o‘ynaldi. Ekstra taymlarda ham hisob ochilmagach, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa omad Xitoy jamoasi tomonida bo‘ldi. O‘zbekiston futbolchilari ikkita zarbani golga aylantira olmadi. Natijada 2:4 hisobida mag‘lubiyat qayd etilib, O‘zbekiston musobaqani tark etdi.

Endi Xitoy U-23 yarim finalda Vietnamga qarshi maydonga tushadi va finalga yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi.

Teglar

Mavzuga oid