add

O‘zbekiston yil boshidan beri qancha oltin sotdi?

Bugun 12:555361 daqiqa

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston qancha miqdorda oltin eksport qilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston yil boshidan beri qancha oltin sotdi?

2025 yilining yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston 9 mlrd 900,1 mln AQSH dollariga teng nomonetar oltinlarni eksport qildi. 2024 yilining mos davrida 6 mlrd 626,6 mln dollarlik nomonetar oltinlar eksport qilingan edi.

Qayd etilishicha, 2025 yilning 11 oyida nomonetar oltinlar eksporti umumiy eksport hajmining 32 foizini tashkil qildi. Shu jumladan, bu yil oltinlar eksportida 149,4 foiz sur’ati kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 11 oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport ulushi 30,8 mlrd dollarni tashkil etib, import hajmidan qariyb 11 mlrd dollarga kam bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, nomonetar oltin — bu pul (valuta) sifatida ishlatilmaydigan oltindir. U davlatning rasmiy oltin-valuta zaxirasi tarkibiga kirmaydi. Nomonetar oltin — asosan zargarlik buyumlari, sanoat ehtiyojlari, texnologiya, investitsiya quymalari va tangalar uchun ishlatiladigan oltinlar hisoblanadi.

Avvalroq 2025 yilda dunyodagi eng katta oltin zaxiralariga ega davlatlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekiston yil boshidan beri qancha oltin sotdi? | Vaqt.uz