add

O‘zbekistonda 36 mingdan ortiq oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda

29.10.2025 | 12:252411

Oilaviy korxonalarning katta qismi savdo, sanoat, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohalariga to‘g‘ri kelyapti.

O‘zbekistonda 36 mingdan ortiq oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda

2025 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 36 069 tani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, oilaviy korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha bo‘ladi:

qishloq va o‘rmon xo‘jaligi – 2 147 ta;

sanoat – 7 974 ta;

qurilish – 291 ta;

savdo – 14 646 ta;

tashish va saqlash – 325 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 7 122 ta;

axborot va aloqa – 234 ta;

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 646 ta;

boshqa turlar – 2 684 ta.

Ma’lumot o‘rnida, 1 oktyabr holatiga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subektlari soni 1 mln 212 mingtaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yil boshidan buyon aholining umumiy daromadlari 825 trln so‘mdan oshgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda 36 mingdan ortiq oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda | Vaqt.uz