add

O‘zbekistonda aholi o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda

Bugun 18:351601

O‘zbekiston doimiy aholisining o‘sish sur’ati 2025 yil 1-iyul holatida 2 foizni tashkil etdi. Markaziy bankning moliyaviy barqarorlik sharhiga ko‘ra, mamlakat aholisi 37,9 million kishiga yetgan.

O‘zbekistonda aholi o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda

Hisobotda qayd etilganidek, mamlakat hududining 1 km. kv. maydoniga o‘rtacha 84 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu ko‘rsatkich Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari medianasidan 5 kishiga yuqori.

Aholi zichligi yildan-yilga ortib bormoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1-oktabr holatida O‘zbekistonda har 1 km.kv. maydonga o‘rtacha 84,8 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 kishiga ko‘p.

Oxirgi yillardagi dinamika:

2021 yil — 78,1 kishi

2022 yil — 79,8 kishi

2023 yil — 81,5 kishi

2024 yil — 83,2 kishi

2025 yil — 84,8 kishi

Ma’lumotlarga ko‘ra, aholi zichligi bosqichma-bosqich o‘smoqda, biroq umumiy o‘sish sur’ati nisbatan sekinlashmoqda.

2025 yil 1-oktabr holatida demografik ko‘rsatkichlar

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 38 069,1 ming kishini tashkil etgan. Shundan ayollar 18 896,6 ming kishi (49,6 foiz),erkaklar 19 172,5 ming kishi (50,4 foiz) bo‘lib, 19,4 mln. kishi shaharda, 18,7 mln. kishi qishloqlarda istiqomat qiladi.

Bu davrda 1 133 kishi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan, 7 585 kishi ko‘chib ketgan. Migratsiya saldosi manfiy bo‘lib, mamlakatdan ko‘chib ketish ko‘lami ko‘chib kelishdan bir necha barobar yuqori.

Mutaxassislar fikricha, aholi zichligi, urbanizatsiya va migratsiya tendensiyalarini hisobga olgan holda, demografik o‘zgarishlar iqtisodiy siyosat, mehnat bozori, ijtimoiy xarajatlar va infratuzilma rivojiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda aholi o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda | Vaqt.uz