add

O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo yana ifloslanadi

Bugun 10:151561 daqiqa

Yog‘ingarchiliklardan keyin ob-havoning nisbatan iliqlashishi O‘zbekistonda atmosfera inversiyasini yana faollashtirib, ayrim hududlarda havo ifloslanishi xavfini kuchaytirishi mumkin.

O‘zbekistonda atmosfera inversiyasi sabab havo yana ifloslanadi

O‘zbekistonda ob-havo haroratining iliqlashishi sabab atmosfera inversiya jarayonlari yana faollashmoqda. «O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat respublika hududining ko‘plab qismlarida kuzatilmoqda va ayrim joylarda havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, inversiya jarayoni ayniqsa Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ertalab, kechqurun va tungi soatlarda atmosferaning pastki qatlamlarida havo almashinuvining cheklanishiga olib kelmoqda.

Bunday noqulay meteorologik sharoit ifloslantiruvchi moddalarning yerga yaqin havo qatlamlarida to‘planib qolishiga olib keladi. Xususan, mayda dispers zarrachalar — PM2,5 va PM10 ko‘rsatkichlarining oshishi qayd etilayotgan hududlar mavjud.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning tabiiy-geografik joylashuvi, relefi va sinoptik sharoitlari atmosfera inversiyasi tez-tez kuzatiladigan hududlar qatoriga kiradi. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab iliq ob-havo va inversiya jarayoni joriy haftaning oxiriga qadar saqlanib turishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid