O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

Bugun 18:201 daqiqa

Hafta boshida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ayrim hududlarda esa faqat qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning katta qismida haftaning dastlabki yarmida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanadi.

Sinoptiklar prognoziga ko‘ra, 16–18-mart kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Respublika shimoli va cho‘l hududlarida shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Jumladan, 17–18-mart kunlari Surxondaryo viloyatida, 18-mart kuni esa Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Yomg‘ir yog‘ish ehtimoli mavjud xududlar

19-mart kuni esa respublika markaziy va janubi-sharqiy hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20-mart kuni esa mamlakat bo‘ylab yana yog‘ingarchilik kutilmayapti va ob-havo asosan barqaror bo‘ladi.

Bu davrda havo harorati kechalari asosan 5–10 daraja iliq, kunduz kunlari 15–20 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Yomg‘irli kunlarda esa kunduzgi harorat 13–15 darajagacha pasayishi mumkin.

Poytaxtda ob-havo

Toshkent shahrida 16–18 va 20-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19-mart kuni esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Poytaxtda shamol sharqiy yo‘nalishdan g‘arb tomonga o‘zgarib, sekundiga 3–8 metr tezlikda esishi kutilmoqda. Harorat kechalari +5...+10 daraja iliq, kunduzi +17...+20 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 19-mart kuni esa kunduzgi harorat +14...+17 darajani tashkil etishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid