add

O‘zbekistonda Kipr viza markazi ochildi

Kecha 10:552591 daqiqa

Ushbu markazning ochilishi o‘zbekistonliklar uchun Kiprga (C toifasidagi) viza olish jarayonini sezilarli darajada yengillashtiradi, chunki ariza beruvchilar endi hujjatlarni oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekistonda Kipr viza markazi ochildi

15-dekabrdan boshlab Toshkentda Kipr viza markazi ochiladi. Bu haqda Kiprning Rossiyadagi elchixonasi bayonotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Belarus poytaxtlarida arizalarni qabul qilish BLS International kompaniyasi tomonidan boshqariladigan viza markazlari orqali amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan sanadan boshlab ariza beruvchilar oldindan ro‘yxatdan o‘tmasdan Kiprning C toifasidagi vizasini olish uchun hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Kiprning viza markazlari Toshkent va Minskdan tashqari, Rossiyaning to‘qqizta shahrida: Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Krasnodar, Rostov-na-Donu, Nijniy Novgorod, Samara, Qozon va Novosibirskda ochiladi.

Ma’lum qilinishicha, viza markazida ariza topshirish narxi QQS bilan birga 1,5 yevroni tashkil etadi. Olti yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun viza yig‘imi 45 yevro, 12 yoshdan katta arizachilar uchun esa 90 yevro etib belgilangan.

O‘zbekiston va Kipr o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1997 yil 30-mayda o‘rnatilgan. 2023 yil oktabr oyida Italiyaga elchi etib tayinlangan Abat Fayzullayev O‘zbekistonning respublikada akkreditatsiyadan o‘tgan birinchi elchisi bo‘ldi.

2025 yil sentabr oyida O‘zbekiston va Kipr o‘rtasida savdo, investitsiya va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Teglar

Mavzuga oid