add

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekordni yangiladi

Bugun 14:551911 daqiqa

Markaziy bank e’lon qilgan yangi narxlarga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymasi 8,9 million so‘mdan oshib ketdi.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi rekordni yangiladi

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi yana tarixiy eng yuqori darajaga chiqdi. Markaziy bank 25-dekabr kuni uchun o‘lchovli oltin quymalari bo‘yicha rasmiy sotish narxlarini e’lon qildi va bu ko‘rsatkichlar mamlakatda oltin quymalari savdosi boshlanganidan beri eng yuqori daraja sifatida qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin quymasining narxi 1 million 788 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu bir kun ichida 0,3 foizga o‘sgan bo‘lib, yil boshidan buyon o‘sish sur’ati 60 foizga yetdi.

Markaziy bank belgilagan narxlarga asosan, 5 grammlik oltin quymasi 8 million 942 ming so‘mdan, 10 grammligi 17 million 884 ming so‘mdan sotilmoqda. Shuningdek, 20 grammlik quymaning qiymati 35 million 767 ming so‘m, 50 grammlik quymaniki 89 million 418 ming so‘mni tashkil etmoqda. Eng yirik, 100 grammlik oltin quymasi esa 178 million 836 ming so‘mga baholangan.

Qayd etilishicha, joriy yil davomida oltin narxi 45-martadan ortiq rekord yangilagan. Bu holat oltinni aholi va investorlar uchun eng ishonchli aktivlardan biri sifatida yanada jozibador qilmoqda.

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy yuqori cho‘qqilarni zabt etmoqda. Xususan, 25-dekabr soat 9:52 holatiga ko‘ra, jahon bozorida oltinning bir unsiyasi 4,48 ming dollar atrofida savdolashilgan. Eslatib o‘tish joiz, O‘zbekistonda oltin quymalari bo‘yicha avvalgi rekord 23-dekabr kuni qayd etilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid