Logo

O‘zbekistonda valutaga bo‘lgan talab 25 milliard dollardan oshdi

Bugun 20:061 daqiqa

Yil boshidan beri valuta bozorida talab va taklif oshib, dollar kursi esa deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

O‘zbekistonda valutaga bo‘lgan talab 25 milliard dollardan oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston ichki valuta bozorida chet el valutasiga bo‘lgan jami talab 25,7 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,1 foizga yuqori.

Hisobotda qayd etilishicha, mazkur davrda yuridik shaxslar tomonidan 20,2 milliard dollarlik, jismoniy shaxslar tomonidan esa 5,5 milliard dollarlik valuta xarid qilingan.

Taklif ham oshdi

Shu bilan birga, valuta taklifi ham sezilarli oshgan.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valutasi bo‘yicha jami taklifi 22,3 milliard dollarga yetgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 5 milliard dollar yoki 28,6 foizga ko‘pdir.

Yanvar–may oylarida aholi tijorat banklariga 10,2 milliard dollar sotgan. Yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valuta hajmi esa 12,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Kurs barqaror qoldi

Hisobot davomida milliy valuta kursi 11 938 so‘mdan 12 320 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda harakat qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshiga nisbatan dollar kursi deyarli o‘zgarishsiz qolgan.

Shuningdek, valuta kursi tebranuvchanligi o‘rtacha 30 so‘m yoki 0,25 foizni tashkil etgan. Solishtirish uchun, 2025 yilning yanvar–may oylarida bu ko‘rsatkich 17,3 so‘m yoki 0,13 foiz bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid