add

O‘zbekistonga 2025 yilda 200 davlatdan turistlar kelgan

Bugun 11:552 daqiqa

2025 yilda mamlakatga 10,7 million nafar xorijiy fuqaro turizm maqsadida kelgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonga 2025 yilda 200 davlatdan turistlar kelgan

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga jami 10,7 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda kelgan. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda turizm sohasi barqaror rivojlanayotganini hamda xalqaro sayyohlar oqimi kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, mazkur davr mobaynida O‘zbekistonga dunyoning 200 ta davlati va hududlaridan turistlar tashrifi qayd etilgan. Bu mamlakatning xalqaro turistik yo‘nalish sifatidagi jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kelgan turistlar tarkibida erkaklar soni 5 million 850 ming 226 nafarni tashkil etgan. Ayollar esa 4 million 899 ming 104 nafar bo‘lib, umumiy tashrif buyuruvchilarning salmoqli qismini tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich turizm xizmatlariga bo‘lgan talab gender kesimida nisbatan muvozanatli ekanini ko‘rsatadi.

Turistlarning yosh bo‘yicha taqsimotiga nazar tashlanganda, eng katta ulush 31–55 yosh toifasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yosh guruhidagi sayyohlar soni 5 million 427 ming 650 nafarni tashkil etgan. Bu holat O‘zbekistonga asosan faol mehnat yoshidagi va sayohat imkoniyatlari keng bo‘lgan shaxslar tashrif buyurayotganini ko‘rsatadi.

19–30 yoshdagi yoshlar orasida 1 million 756 ming 723 nafar turist qayd etilgan. 56 yosh va undan katta sayyohlar soni esa 2 million 181 ming 520 nafarga yetgan. Bolalar va o‘smirlar, ya’ni 0–18 yosh toifasidagi turistlar 1 million 383 ming 437 nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida qariyb 7 million nafar o‘zbekistonlik turizm maqsadida chet elga chiqqani haqida xabar bergandik.

Teglar

Mavzuga oid