
O‘zbekistonga eng ko‘p mandarinlar qaysi davlatlardan import qilinmoqda?
2025 yilning 11 oyida O‘zbekistonga mandarin yetkazib berish hajmi keskin o‘sib, import qilinayotgan davlatlar soni 60 dan oshdi.

O‘zbekistonga 2025 yil yanvar–noyabr oylarida jami 1,1 mln tonna mandarin import qilindi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, hisobot davrida mandarin importi qiymati 256,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Keltirilgan mandarinlar 62 ta xorijiy davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Import qiymati o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 9,4 foizga oshgani mamlakat ichki bozorida sitrus mahsulotlariga bo‘lgan talab barqaror saqlanayotganini ko‘rsatadi.
2025 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonga eng ko‘p mandarin yetkazib bergan davlat Pokiston bo‘ldi. Ushbu mamlakatdan 327,1 ming tonna mahsulot import qilingan. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashib, bu davlatdan 314,3 ming tonna mandarin olib kirilgan.
Import hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Ekvador (145,9 ming tonna) va Xitoy (124,6 ming tonna) qayd etilgan. Shuningdek, Afg‘onistondan 58,5 ming tonna mandarin yetkazib berilgan.
Qolgan 153,8 ming tonna mahsulot esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekiston bozorida mandarin importi diversifikatsiyalangani va ta’minot bir necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan 161,4 ming tonna banan import qilingani haqida xabar bergandik.




