O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Saudiya mehnat bozori ochilmoqda

Kecha 22:251 daqiqa

Ikki mamlakat mehnat migratsiyasi sohasida muhim kelishuvlarga erishdi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Saudiya mehnat bozori ochilmoqda © Foto: t.me/uzmigration

O‘zbekiston delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan muhim muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mehnat bozorining yangi strategiyasi va xorijiy ishchi kuchini jalb qilish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar ishchi vizalarini malaka darajasiga ko‘ra taqsimlash tizimini joriy etishga kelishib olgan. Bunda boshlang‘ichdan to yuqori darajadagi mutaxassislargacha bo‘lgan ishchilar qamrab olinadi.

Yuqori malakali kadrlar

Kelishuvga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayon tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalarini qamrab olishi rejalashtirilgan.

Tomonlar, shuningdek, quyidagilar bo‘yicha kelishuvga erishdi:

– ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasida qo‘shma ishchi guruhini tuzish;

– malaka imtihonlarini tashkil etish;

– Saudiya Arabistonida nomzodlarni ishga joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Global hamkorlik istiqbollari

O‘zbekiston so‘nggi yillarda xavfsiz va qonuniy migratsiya geografiyasini faol kengaytirib bormoqda. Xususan, Migratsiya agentligi tomonidan AQSH, Janubiy Koreya va Germaniya kabi rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid