add

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish muddati qisqartiriladi

Bugun 14:354432 daqiqa

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar va ob’ektlarga bo‘lgan huquqni e’tirof etish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartiriladi.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni rasmiylashtirish muddati qisqartiriladi

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 2025 yil 23-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Loyiha amaldagi qonun ijrosida aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Mazkur tashabbus 2024 yil 5-avgustda qabul qilingan qonun amaliyoti natijasida ishlab chiqildi. Ushbu qonun yillar davomida hal etilmay kelgan uy-joy va yer munosabatlariga oid masalalarni tartibga solishga xizmat qilgan bo‘lsa-da, ayrim tartib-taomillar amaliyotda ortiqcha vaqt talab qilayotgani aniqlangan.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, bir obyekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Xususan:

Vakolatli tashkilotlar uchun 20 kun;

Jamoatchilik muhokamasi uchun 10 kun;

Adliya organlari uchun 20 ish kuni belgilanmoqda.

Bu o‘zgarish qonunning 2028 yil 1-yanvargacha amal qilish muddatini hisobga olgan holda taklif etilmoqda. Maqsad — fuqarolarning huquqini tezkor va samarali tarzda e’tirof etish mexanizmlarini joriy qilish.

Shuningdek, amaliyotda huquqni e’tirof etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri soliq qarzlari bilan bog‘liq. Ayni paytda 243 mingdan ortiq ob’ektda soliq qarzi mavjud bo‘lib, ular qonun doirasida hal etilmay qolmoqda.

Shu sababli, soliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmagan hollarda huquqni e’tirof etish imkoniyatini berish, 20 ish kuni ichida bir martalik to‘lov amalga oshirilsa 50 foiz chegirma qo‘llash hamda to‘lovlarni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib to‘lash mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid