add

O‘zgidromet qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi. Bu xavf asosan Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlariga taalluqli.

O‘zgidromet qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi

5–7 noyabr kunlari havo haroratining keskin o‘zgarishi natijasida Chotqol tizmasi tog‘larida, ayniqsa 2000 metrdan baland hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirdi.

«Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», — deyiladi O‘zgidromet tezkor axborotida.

Ma’lum qilinishicha, 5–6 noyabr kunlari mamlakat bo‘ylab sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida ob-havo keskin o‘zgaradi. Harorat tunda 0…+3 daraja iliq atrofida bo‘lib, ayrim hududlarda sovuq tushishi mumkin. Kunduz kunlari esa havo +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tog‘li hududlaridagi dam olish zonalari va yo‘llarda, ayniqsa, 2000 metrdan yuqori balandliklardagi fuqarolar uchun bu davrda ehtiyot choralari alohida ahamiyatga ega.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zgidromet qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi | Vaqt.uz