Pedagogika OTMlarida «Qalqon» patrullari joriy etiladi

25.02.2026 | 16:551 daqiqa

Talabalar o‘rtasida nazorat va profilaktika ishlarini kuchaytirish, intizom hamda xavfsiz muhitni ta’minlash maqsadida pedagogika oliy ta’lim muassasalarida «Qalqon» patrullari joriy etiladi.

Pedagogika OTMlarida «Qalqon» patrullari joriy etiladi © Foto: mrdi.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida «Qalqon» patrullari tashkil etiladi. Bu haqda vazirlikning tasdiqlangan nizomida belgilandi. Yangi tizim talabalar o‘rtasida intizomni mustahkamlash, xavfli holatlarning oldini olish va ta’lim muassasalarida xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan.

«Qalqon» patrullari vazifalari

Nizomga ko‘ra, «Qalqon» patrullari talabalarning odob-axloq qoidalariga amal qilishini nazorat qiladi. Shu orqali ta’lim jarayonida intizomni ta’minlash va ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Ta’lim tashkilotlarida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli sport va fan to‘garaklariga jalb qilish, talabalarning huquqiy ongi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga ko‘maklashish;

Talabalar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning zarari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

Talabalar orasida xavfli xulq-atvor belgilarini barvaqt aniqlash va tegishli mas’ullarga axborot berish,

Oliy ta’lim tashkilotlaridagi profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik qilish;

Ta’lim tashkiloti ma’muriyati, huquq-tartibot organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;

Ta’lim tashkiloti hududida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga ko‘maklashadi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz