add

Putin: «Pullar urushga sarflansa, rossiyaliklar soliqlar oshishidan faqat xursand bo‘lishadi»

Bugun 08:184321 daqiqa

Rossiya prezidenti agar qo‘shimcha mablag‘lar mudofaa, xavfsizlik va davlatning urush xarajatlariga yo‘naltirilsa soliqlar oshishi aholini aslo norozi qilmasligini ta’kidladi.

Putin: «Pullar urushga sarflansa, rossiyaliklar soliqlar oshishidan faqat xursand bo‘lishadi»

RF prezidenti Vladimir Putin 2026-yilda Rossiyada soliq yuki oshirilishi jamiyat tomonidan ijobiy qabul qilinishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Kremlda Davlat kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Putinning ta’kidlashicha, agar soliqlarni oshirish «xufiyona iqtisodiyotini qisqartirish», muhim tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va davlat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, fuqarolarda tushunish va qo‘llab-quvvatlash paydo bo‘ladi.

Uning ta’kidlashicha, bunday siyosat ijtimoiy majburiyatlarni bajarish, iqtisodiy barqarorlikni saqlash va mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi kerak. Shu holda soliq oshishi umumiy holatga ijobiy ta’sir qiladi.

2026 yildan Rossiyada yangi soliq islohoti boshlanadi. Moliya vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, soliqlarning oshirilishi byudjetga qo‘shimcha 2,3 trln rubl keltirishi kutilmoqda.

Asosiy o‘zgarish qo‘shilgan qiymat solig‘iga tegishli: QQS stavkasi 20 foizdan 22 foizgacha oshiriladi. Bu hukumatga taxminan 1,2 trln rubl qo‘shimcha daromad keltiradi.

Mutaxassislar esa bu soliq yukining asosiy qismi iste’molchilar zimmasiga tushishini aytishmoqda. Narxlar oshishi orqali aholining kundalik xarajatlari 1–1,6 foizga, inflatsiya esa 1,1–1,3 punktga tezlashishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid