add

Qaysi sug‘urta turi eng talabgir: o‘zbekistonliklar tanlovi

Kecha 16:552771 daqiqa

2025 yilning 10 oyi mobaynida mamlakatda sug‘urta bozori 10 trln so‘mga yetib, o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sish qayd etildi.

Qaysi sug‘urta turi eng talabgir: o‘zbekistonliklar tanlovi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlari hajmi 10 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 trillion so‘mga ko‘pdir.

Bu davr mobaynida sug‘urta xizmatlari tarkibida eng katta ulushni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, avtotransport vositalari va boshqa transport turlarini sug‘urtalash hamda yuk va mulkni sug‘urtalash kabi yo‘nalishlar egalladi. Ushbu xizmatlar umumiy hajmning 81,5 foizini tashkil etdi. Bu yo‘nalishlardagi talabning yuqori bo‘lishi aholi va tadbirkorlarda moliyaviy xavflarni kamaytirishga ehtiyoj oshganini anglatishi mumkin.

Shuningdek, qayta sug‘urtalash xizmatlari umumiy hajmning 14,2 foizini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bozorda yirik tavakkalchiliklarni sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida taqsimlash amaliyoti kuchayib borayotganini bildirmoqda. Hayotni sug‘urtalash xizmatlari esa 4,3 foiz bilan bozorda nisbatan kichik ulushga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–avgust oylarida aholi va tashkilotlarga 7,7 trln so‘mlik sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilgani ma’lum qilingandi.

Teglar

Mavzuga oid