Logo

Qirg‘iziston Fransiya bilan migratsiya bo‘yicha muzokara olib bordi

Bugun 19:101 daqiqa

Muzokaralar davomida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Qirg‘iziston Fransiya bilan migratsiya bo‘yicha muzokara olib bordi © Fotolia / Gerhard Seybert

Qirg‘iziston Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vaziri o‘rinbosari Mirlanbek Baygonchokov Fransiya Respublikasi Ichki ishlar vazirining immigratsiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Patrik Stefanini bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Xususan, ushbu yo‘nalishda hukumatlararo bitim tuzish istiqbollari hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid