add

Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib keldi

Oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Qozog‘iston prezidenti yangi qurilgan «Toshkent Humo» aeroportiga qo‘ngan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib keldi

14-noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xababr berdi.

Oliy martabali mehmonni aeroportda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Davlat rahbarlari «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdilar.

Suhbatda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Sammit doirasida yirik qo‘shma loyihalar ishga tushirilishi va ikki tomonlama hujjatlarning katta to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Teglar

Mavzuga oid

Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga yetib keldi | Vaqt.uz