add

Qozog‘iston AQSHdan uchar taksilar sotib oldi

Bugun 20:452151

Qozog‘iston yangi Alatau shahrida AQSHning Joby Aviation kompaniyasidan sotib olingan elektr samolyotlar asosida aerotaksi tizimini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Qozog‘iston AQSHdan uchar taksilar sotib oldi

Qozog‘iston yangi Alatau shahrida aerotaksi tizimini yaratish uchun vertikal uchishga qodir elektr samolyotlarini (eVTOL) sotib olishga deyarli 300 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakatning Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Vazir Jaslan Madiyevning ta’kidlashicha, mazkur loyiha Alatauni innovatsiyalar markaziga aylantiradi hamda shahar muhitida ilg‘or yechimlarni sinovdan o‘tkazish uchun namuna bo‘ladi.

Qayd etilishicha, shartnoma Joby Aviation kompaniyasi bilan imzolangan bo‘lib, ushbu qurilmalar uchish-qo‘nish yo‘lagisiz harakatlanishi, havoda muallaq turishi va shahar ichida yo‘lovchi hamda yuk tashishi mumkin.

Vazirlikning ta’kidlashicha, birinchi eVTOL taksilari maxsus maydonlarda sinovdan o‘tgach, Alatau va Olmaota sharlarida paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: Alatau — 2024 yilda Olmaota viloyatining bir nechta aholi punktlarini birlashtirish orqali tashkil etilgan yangi shahar bo‘lib, u raqamli sanoat, sun’iy intellekt va barqaror infratuzilmaga yo‘naltirilgan texnologik markaz sifatida ko‘riladi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘iston AQSHdan uchar taksilar sotib oldi | Vaqt.uz