add

Qozog‘iston bilan o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi

Mirziyoyev va To‘qayev raisligidagi uchrashuvda strategik hamkorlikni kengaytirishga doir muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Qozog‘iston bilan o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Qosim-Jo‘mart To‘qayev rahbarligida Toshkentda Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

«Munosabatlarimiz bugungi kunda eng yuqori – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 4 mlrd dollarga yetgani qayd etildi. Bu ko‘rsatkichni 2030 yilgacha 10 mlrd dollarga yetkazish maqsad qilinmoqda. Buning uchun «O‘zQazTreyd» kompaniyasi tashkil etilgan, biznes aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi bitimlar tuzilgan.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Tashrif doirasida «Markaziy Osiyo» sanoat kooperatsiyasi markazi hamda 1,3 mlrd dollarlik loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 8 mlrd dollardan oshgan yangi dasturlar tayyorlangan. Ular kimyo, geologiya, agrosanoat, infratuzilma va logistika sohalarini qamrab oladi.

Transport, energetika va «yashil» texnologiyalar bo‘yicha ham hamkorlik kengaytirilishi belgilab olindi. Xususan, «Uchquduq – Qizilo‘rda» yo‘li va Oqtov porti orqali yuk tashish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar suv-ekologiya sohasida transchegaraviy ob’ektlarni boshqarish bo‘yicha kelishuv imzolanganini olqishlashdi. Madaniy va gumanitar aloqalar ham alohida ta’kidlandi — «Lazgi» baleti, Ostona va Olmaotadagi tadbirlar samarali bo‘lgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘iston bilan o‘zaro tovar ayriboshlash hajmi 10 mlrd dollarga yetkaziladi | Vaqt.uz