add

Quruvchi: «Ko‘chmas mulkni baholashda faqat joydan kelib chiqmaslik kerak»

Kecha 20:30802 daqiqa

Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar bilan uy-joy bozori, naqdsiz hisob-kitoblar va elektr ta’minoti bo‘yicha dolzarb savollar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda

Quruvchi: «Ko‘chmas mulkni baholashda faqat joydan kelib chiqmaslik kerak»

Ochiq muloqatda Quruvchilar assotsiatsiyasi rahbari Mansur Niyozmuhammedov tadbirkorlar o‘rtasidagi dolzab muammolarni ko‘tardi.

«Prezident farmoni bilan ko‘chmas mulkni baholash mehanizmi ishlab chiqiladi yani baholash mehanizmi soliq solishga asos boladi. Baholashda faqat 2 ta omilga etibor berilyapti: ko‘chmas mulk joylashgan hudud va joylashgan joy. Lekin biz bilamizki, Toshkent shahri 5 ta hududga bo‘lingan bo‘lsa, premium, komfort singari turli xil segmentlar bor. Farmon 1-yanvardan kuchga kirsa soliq solish ham faqat joylashgan hudud va joyga qarab belgilanadimi? Yuqorida aytilgan komfort, premium segmentlar faqat joyga qarab emas bino prioriteti va qulayliklariga ham qarab belgilansa yaxshi bo‘lar edi», — dedi Mansur Niyozmuhammedov.

Taklifga javoban Davlat Soliq qo‘mitasi o‘rinbosari Jahongir Abdiyev farmonning asosiy maqsadi yer va ko‘chmas mulkni bozor qiymatidan ancha arzon sotilishining oldini olish ekanini bildirdi. Unga ko‘ra, hujjat orqali o‘rtacha minimal narx belgilanadi va undan past narxda sotish cheklanadi.

«Qo‘shimcha mezon kiritish faqat tadbirkorlar uchun qiyinchilik tug‘diradi», — deya qo‘shimcha qildi Savdo sanoat palatasi raisi Davron Vahabov.

Mansur Niyozmuhammedov yana bir muhim masala — energetika va kommunikatsiya tarmoqlari bo‘yicha texnik shartlarni olish jarayonini energetika vazirligidan ruxsat olingach, yana 12 ta tashkilotdan alohida texnik shart talab qilinishi tadbirkorlarni ortiqcha sarson-sargardon qilib qo‘yayotganini ko‘tardi.

«Energetika vazirligi ruxsat bergandan so‘ng, boshqa idoralar faoliyatiga aralashigash vakolati yo‘q va bu 12 ta tashkilotni qisqartirish vazirlikning ixtiyorida emas», — deya javob berdi Energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov.

Teglar

Mavzuga oid