add

Rossiya tomonida jang qilgan fuqaro jazolandi

03.01.2026 | 22:352 daqiqa

Rossiya—Ukraina urushida qatnashgan andijonlik fuqaroga O‘zbekiston sudi shartli jazo tayinladi.

Rossiya tomonida jang qilgan fuqaro jazolandi

Rossiya Federatsiyasi hududida qamoq jazosidan qutulish evaziga harbiy harakatlarda ishtirok etgan Andijon shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan O‘zbekistonda sud hukmi o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudi ishni ko‘rib chiqib, ayblanuvchini jinoiy javobgarlikka tortdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi I.X. 2022 yil dekabr oyida ishlash maqsadida Rossiyaga borgan. U Moskva va Chelyabinsk shaharlarida “Yandeks” platformasi orqali yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullangan. 2023 yil yanvar oyida esa giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq jinoyat uchun Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan.

Chelyabinsk shahar sudi hukmi bilan I.X. 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni o‘tash davrida unga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etish orqali jazodan ozod bo‘lish taklifi berilgan. 2024 yil avgust oyida u Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzib, oddiy askar sifatida harbiy xizmatga kirishgan.

Ayblanuvchi 2024 yil avgust–sentabr oylarida Donetsk shahri atrofida bo‘lib o‘tgan janglarda AK-74 o‘qotar quroli bilan ishtirok etgan.

Janglar vaqtida snaryad portlashi oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan va uzoq muddat Rossiya harbiy gospitallarida davolangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi uning umumiy mehnat qobiliyatining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini doimiy yo‘qotganini tasdiqlagan.

2025 yil sentabr oyida u

O‘zbekiston konsullik hujjatlari asosida Vatanga qaytgan. Sud I.X.ni Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, 5 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Biroq jazo shartliga almashtirilib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid