add

Rossiya Venesueladagi milliardlab sarmoyalaridan ajralishi mumkin

Kecha 08:282 daqiqa

Nikolas Maduro hokimiyatining ag‘darilishi Rossiyaning Venesuelaga yo‘naltirilgan milliardlab dollarlik kreditlari va neft loyihalari taqdirini noaniq holatga solib qo‘ydi.

Rossiya Venesueladagi milliardlab sarmoyalaridan ajralishi mumkin

Nikolas Maduro rejimi ag‘darilishi ortidan Rossiyaning Venesuelaga kiritgan sarmoyalari katta xavf ostida qoldi. Maduroning AQSH maxsus kuchlari tomonidan qo‘lga olinib, Nyu Yorkda narkoterrorizm ayblovlari bilan sud qilinishi haqidagi xabarlar Moskva uchun jiddiy geoiqtisodiy yo‘qotishlar xavfini oshirdi.

«Reuters» hisob-kitoblariga ko‘ra, 2006–2017 yillar oralig‘ida Rossiya Venesuela hukumati va davlat neft kompaniyasi — «PDVSA»ga jami 17 mlrd dollar atrofida kredit va sarmoya ajratgan. Ilk mablag‘lar 2009 yilda Ugo Chaves davrida Rossiya qurollarini xarid qilish shartnomalari doirasida yo‘naltirilgan.

2017 yilga kelib Venesuelaning Moskva oldidagi qarzi 3,5 mlrd dollarga yetgan, iqtisodiy inqiroz va sanksiyalar sababli to‘lovlar shu vaqtgacha amalga oshirilmagan. O‘sha yili Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Nikolas Maduro qarzlarni 10 yilga kechiktirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

2010-yillar oxirida «Rosneft» Venesuelaning asosiy kreditorlaridan biriga aylandi. Kompaniya neft loyihalarida ulushlar evaziga Maduro hukumatini moliyaviy qo‘llab-quvvatladi. 2020 yilda esa sanksiyalar ortidan barcha aktivlar maxsus davlat tuzilmasi — «Roszarubejneft»ga o‘tkazildi.

Hozirda Venesuela neft sohasining kelajagi AQSH ma’muriyati nazoratida ekani aytilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela nefti «o‘g‘irlangan»ini iddao qilib, infratuzilmani qayta tiklash va neft eksportini kengaytirish rejalarini ochiq aytdi.

Moskva bu voqealarga cheklangan munosabat bildirdi. Rossiya TIV AQSH zarbalari va Maduroning hibsga olinishi haqida «chuqur tashvish» bildirdi hamda uni ozod qilishni talab qildi.

Teglar

Mavzuga oid