add

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda

Bugun 13:521 daqiqa

Holat yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nota yubordi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant kaltaklab o‘ldirilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik migrant Rossiya “OMON” xodimlari tomonidan kaltaklab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga rasmiy nota yuborilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea Xabarovsk shahrida sodir bo‘lgan. Fuqaroning vafoti bilan bog‘liq jarayonlar O‘zbekistonning Vladivostokdagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bosh konsulxona marhumning yaqinlari bilan uzluksiz aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik va amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish masalasi bo‘yicha tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, hodisaning barcha jihatlarini xolisona o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xabarovsk o‘lkasi prokuraturasi, Tergov boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining hududiy vakolatxonasiga rasmiy murojaatlar yo‘llangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha fuqaroning aniq vafot etish sabablari bo‘yicha tasdiqlangan xulosa mavjud emas. Tegishli Rossiya idoralari tomonidan olib borilayotgan tekshiruv yakunlari kutilayotgani, aniq ma’lumotlar kelib tushishi bilan jamoatchilikka qo‘shimcha axborot berilishi bildirildi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tilga olingan ikkinchi O‘zbekiston fuqarosiga oid xabarlar rasman tasdiqlanmagan. O‘zbekiston tomoni ushbu ishni huquqiy me’yorlar doirasida va to‘liq shaffof tarzda o‘rganishni talab qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid