Logo

«Shartlarsiz»: Ukraina to‘xtashga tayyor

Bugun 20:322 daqiqa

Volodimir Zelenskiy Ukraina hozirgi to‘qnashuv chizig‘ida harbiy harakatlarni to‘xtatib, diplomatik muzokaralar boshlashga tayyorligini e’lon qildi.

«Shartlarsiz»: Ukraina to‘xtashga tayyor © Videodan kadr

Ukraina, agar Rossiya hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, joriy to‘qnashuv chizig‘ida to‘xtashga va diplomatik muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «CBC News» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, gap to‘qnashuv chizig‘ida harbiy harakatlarni to‘xtatish va vaziyatni ayrim hamkorlar vositachiligida diplomatik yo‘nalishga ko‘chirish haqida bormoqda.

«Ha, biz bunga tayyormiz. Agar rossiyaliklar o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor bo‘lsa — ha, hech qanday shartlarsiz, shunchaki o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar», — dedi Ukraina rahbari.

Uning ta’kidlashicha, agar Rossiya ma’lum vaqt o‘tgach, yana urushni davom ettirishni istasa, bu uning o‘z tanlovi va «yomon g‘oya» bo‘ladi.

Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashuv va xavfsizlik kafolatlari

Shuningdek, Volodimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushini tugatish maqsadida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Putin bilan yuzma-yuz suhbatni qanday tasavvur qilishi haqidagi savolga javob berarkan, prezident tinchlikka erishish maqsadida bunga tayyor ekanini aytgan.

«Putinning qarshisida o‘tirish — bu hayotimdagi eng yaxshi kun bo‘lmaydi. Ammo men tinchlik uchun buni qilaman. Undan ko‘ra oilam bilan o‘tirganim yaxshiroq. Bu yuz foiz aniq», — deydi Zelenskiy.

U Putinni dushman deb bilishini va shunga qaramay mazkur qadamga borishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan. Ukraina prezidentining ta’kidlashicha, u Rossiya yetakchisining asl maqsadini yaxshi biladi.

«Men bilamanki, bu odam bizni to‘liq okkupatsiya qilishni xohlaydi va agar biz yetarlicha kuchli bo‘lmasak, dunyo tarqoq bo‘lsa va menda xavfsizlik kafolatlari bo‘lmasa, u buni amalga oshiradi», — dedi u.

Teglar

Mavzuga oid