add

Shveysariya Maduroning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

05.01.2026 | 20:382 daqiqa

Agar muzlatilgan aktivlarning kelib chiqishi noqonuniy bo‘lsa, ular Venesuela xalqi manfaatlari uchun yo‘naltiriladi.

Shveysariya Maduroning aktivlarini muzlatib qo‘ydi

Shveysariya Federal kengashi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning barcha mol-mulkini muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu bayonot Shveysariya hukumatining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

«Federal kengash 2026 yil 5-yanvarda Nikolas Maduro va uning atrofidagi boshqa shaxslarning Shveysariyadagi barcha aktivlarini darhol muzlatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shu orqali Federal kengash aktivlarning chetga chiqarilishini oldini olmoqchi. Muzlatish Venesuelaning amaldagi hukumati a’zolarining hech biriga ta’sir ko‘rsatmadi», - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, matbuot xabarida ta’kidlanishicha, agar muzlatilgan aktivlarning noqonuniy kelib chiqishi aniqlansa, «Shveysariya bu mablag‘lar Venesuela xalqiga foyda keltirishi uchun barcha choralarni ko‘radi».

3-yanvar kuni AQSH Venesuelaga hujum uyushtirdi, Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga oldi, so‘ngra ularni Nyu-Yorkka olib ketdi. CBS News xabariga ko‘ra, er-xotinning birinchi sud majlisi 5-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Federal kengash ma’lum qilishicha, bu bloklash Venesuelaga nisbatan 2018 yildan beri amalda bo‘lgan shunga o‘xshash cheklovlarga qo‘shimcha sifatida kiritildi.

AQSH 3-yanvar kuni Venesuelaga keng ko‘lamli hujum uyushtirdi, mamlakat prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores qo‘lga olinib, Nyu-Yorkka olib ketildi. AQSH prezidenti Donald Tramp Maduro va Flores "narkoterrorizm"ga aloqador bo‘lgani va shu jumladan, AQSHga ham tahdid solgani uchun sud oldida javob berishlarini ma’lum qildi.

Karakas AQSHning ushbu harbiy operatsiyasi munosabati bilan BMTning favqulodda yig‘ilishini talab qildi, Venesuela Oliy sudi davlat rahbari vazifasini vaqtincha vitse-prezident Delsi Rodrigesga yukladi.

Teglar

Mavzuga oid