add

Shveysariya va AQSH kelishuvga erishdi

Amerika Shveysariya tovarlariga qo‘yilgan bojxona to‘lovlarini 39 foizdan 15 foizga tushiradi.

Shveysariya va AQSH kelishuvga erishdi

Bern va Vashington Shveysariya tovarlariga qo‘yilgan Amerika boj to‘lovlarini 39 foizdan 15 foizgacha pasaytirishga kelishib oldi. Bu haqda konfederatsiya hukumati xabar berdi.

«Shveysariya va AQSH muvaffaqiyatli yechim topdi: AQSH bojxona tariflari 15 foizgacha tushiriladi. Konstruktiv hamkorlik uchun prezident (Donald) Trampga minnatdorlik bildiramiz», - deya X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan xabarda ta’kidlangan.

Ilgari Tribune de Genève gazetasi xabar berganidek, Rolex va Cartier kabi hashamatli brendlarga egalik qiluvchi kompaniyalar rahbarlari ham bo‘lgan olti nafar shveysariyalik milliarder 4-noyabr kuni Vashingtonda Tramp bilan Shveysariya tovarlari importiga bojlarni kamaytirish umidida uchrashgan. Biroq bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lmagan va Shveysariya hukumati vakillari ushbu uchrashuvda qatnashmagan.

2-aprel kuni Tramp 7-avgustdan kuchga kirgan 185 mamlakat va hududlar mahsulotlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qildi. Eng yuqori stavkalar Suriya (41 foiz), Laos (40 foiz), Myanma (40 foiz), Shveytsariya (39 foiz), Iroq (35 foiz) va Serbiya (35 foiz) uchun belgilangan edi.

Teglar

Mavzuga oid

Shveysariya va AQSH kelishuvga erishdi | Vaqt.uz