add

«Sifatsiz xizmatga adolatsiz to‘lov usuli» — Fikr vaqti

Bugun 21:102211

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida chiqindidan qarzdor abonentlarning elektrdan uzilishi, bu tartibga jamoatchilik munosabati, chiqindi tashish xizmatida sifat masalasi, chiqindi chiqarmaydigan uylar va yana bir og‘riqli mavzu “JEK”dagi muammolar masalalari tahlil qilindi.



Endi chiqindidan qarzdorlar xonadoni elektrdan uzib qo‘yiladi. Garchi, Energetika vazirligi 11-noyabr kuni tushuntirish bilan chiqib, bu kabi xabarlarni rad etgan, chiqindi xizmati bo‘yicha qarzi mavjud abonentlar avvaldan 2100 qisqa raqamidan SMS ogohlantirish olishi, shundan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlik qoplanmasagina elektr energiyasi uchun to‘lov amalga oshirish imkoniyati cheklanishini aytgan bo‘lsa-da, bu – mazmunan baribir bir xil narsa. Chiqindi to‘lovini kechiktirgan elektrdan uziladi. Mexanizm dekabr oyidan butun respublika bo‘ylab amalga kirishi kutilmoqda.

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida biz yangi tartib, unga jamoatchilik munosabati, chiqindi tashish xizmatida sifat masalasi, chiqindi chiqarmaydigan uylar va yana bir og‘riqli mavzu “JEK”dagi muammolar haqida gaplashdik. Dastur mehmonlari iqtisodchi Bahodir G‘aniyev va jamoatchilik faoli Obidjon Latipov bo‘ldi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 7

Barchasi

Mavzuga oid

«Sifatsiz xizmatga adolatsiz to‘lov usuli» — Fikr vaqti | Vaqt.uz