add

Startaplar uchun 2 mln dollarlik tanlovlar g‘olibi aniqlandi

Kecha 07:583062 daqiqa

O‘tgan hafta O‘zbekistonda startaplar uchun yilning eng muhim ikkita tanlovi — President Tech Award 2025 va Digital Startup Awards uchun g‘oliblar e’lon qilindi.

Startaplar uchun 2 mln dollarlik tanlovlar g‘olibi aniqlandi

13-dekabr kuni O‘zbekistonda startaplar uchun yilning eng muhim ikkita tanlovi — President Tech Award 2025 va Digital Startup Awards uchun g‘oliblar e’lon qilindi.

President Tech Award 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 15 ta g‘olib aniqlandi va umumiy 1 mln dollar mukofot puli berildi. G‘oliblar quyidagicha bo‘ldi: 

Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida:

1. MoliyAI — 100 ming dollar;

2. NavAI — 50 ming dollar;

3. Lexora — 30 ming dollar.

 

Ijtimoiy yo‘nalishda:

1. Femmy — 100 ming dollar;

2. Handex — 50 ming dollar;

3. D-Clinics — 30 ming dollar.

 

Micro-SaaS va AdTech sohasidagi raqamli texnologiyalar:

1. Romchi — 100 ming dollar;

2. Tingla AI — 50 ming dollar;

3. Quvur — 30 ming dollar.

 

komputer va mobil o‘yin dasturlari:

1. Through the never — 100 ming dollar;

2. Spring Break — 50 ming dollar;

3. Mara — 30 ming dollar.

 

Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar:

1. KarmonAI — 100 ming dollar;

2. 1Way — 50 ming dollar;

3. Robosell — 30 ming dollar;

 

Digital Startup Awards tanlovi esa xalqaro darajada bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon, Gurjiston, Turkmaniston va Mo‘g‘ulistondan startap-loyihalar ishtirok etdi. O‘zbekiston startaplari esa Best Startup Project yo‘nalishida qatnashdi.

Tanlovda investitsiya olgan startaplar:

  • AVM.AI (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;

  • Avto-time (Qozog‘iston) — 25 ming dollar;

  • Clario (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;

  • Epsilon3.ai (Tojikiston) — 25 ming dollar;

  • Layf (Armaniston) — 50 ming dollar;

  • Moon AI (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;

  • Oneplace.HR (Mo‘g‘uliston) — 50 ming dollar;

  • Porte Tech (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;

  • Recepta (Ozarboyjon) — 50 ming dollar;

  • Robospark (Qozog‘iston) — 50 ming dollar;

  • Rosta (Qozog‘iston) — 25 ming dollar;

  • Smarthub (Tojikiston) — 50 ming dollar;

Bundan tashqari, Best Startup Project yo‘nalishida ham g‘oliblar ma’lum bo‘ldi:

1-o‘rin — 40 ming dollar, Multicode (Qozog‘iston)

Soha: SaaS

Tavsif: Temiryo‘l vagonlari operatorlari uchun operatsion jarayonlarni optimallashtiruvchi SI asosidagi B2B SaaS platforma.

Asoschi: Anvar Sarsembinov

 

2-o‘rin — 25 ming dollar, HGT (O‘zbekiston)

Soha: GovTech

Tavsif: Kommunal xizmatlar sohasini raqamlashtirish va xavfsiz, qulay to‘lov tizimini ishlab chiqishga qaratilgan texnologik startap.

Asoschi: Alisher Tojiyev

 

3-o‘rin — 15 ming dollar, Telagri (Gurjiston)

Soha: FinTex

Tavsif: Fermer xo‘jaliklari ma’lumotlarini moliyaviy ko‘rsatkichlarga aylantirish orqali qishloq xo‘jaligi kreditlari xavfini kamaytiruvchi platforma.

Asoschi: Irakli Chikava

 

Eng yaxshi ayollar startapi — 10 ming dollar MamaSpace (Qirg‘iziston)

Soha: MedTex

Tavsif: Onalar salomatligi bo‘yicha ekspert yordami va SI asosidagi ishonchli tavsiyalarni taqdim etuvchi platforma.

Asoschi: Gulnaza Xalbambetova

Fozil Qambarov

Fozil QambarovMaqolalar soni: 4

Barchasi

Mavzuga oid