add

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

31-dekabr–5-yanvar kunlari O‘zbekistonning qator tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarishi sabab qor ko‘chish xavfi kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning bir qator tog‘li hududlarida 2025 yil 31-dekabrdan 2026 yil 5-yanvarga qadar qor ko‘chish xavfi yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdorining ortishi hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi ushbu xavfni kuchaytiradi.

Xavf asosan:

Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;

Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

Namangan viloyati: Pop tumani.

Fuqarolarga tog‘li hududlarda sayohat va xo‘jalik ishlarini cheklash, zarurat bo‘lmaganda xavfli yo‘nalishlarda harakatlanmaslik tavsiya etilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid