add

Toshkentda avtomashinalar harakati juft va toq raqamlariga qarab cheklanadi: elektromobillar mustasno

Bugun 10:407812 Daqiqa

Prezident farmoni bilan tuzilayotgan maxsus komissiya poytaxtda ekologik ahvolni yaxshilash maqsadida transport vositalari harakatini cheklash vakolatiga ega bo‘lmoqda.

Toshkentda avtomashinalar harakati juft va toq raqamlariga qarab cheklanadi: elektromobillar mustasno

Toshkent shahrida atmosfera havosini ifloslanishini oldini olish maqsadida nazoratni kuchaytirish va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida bir qator choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, maxsus komissiya quyidagi vakolatlarga ega bo‘ladi:

  • Toshkent shahrida yuk tashish avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklash amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

  • avtotransport vositalarining, shu jumladan davlat raqamiga mos ravishda toq va juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyotini joriy qilish (elektromobillar bundan mustasno);

  • harakatlanishi vaqtinchalik cheklanadigan avtotransport vositalari turlari, ko‘chalar va boshqa hududlarni belgilash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarilganiga 15 yil bo‘lgan va eskirgan hamda «Yevro-4» ekologik standartiga javob bermaydigan javob bermaydigan mashinalarni «trade-in» tizimi orqali xarid qilish tartibini bir oy muddat ichida ishlab chiqish Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda «O‘zavtosanoat» AJga topshirildi.  

Ichki ishlar vazirligi esa 2026 yil yakuniga qadar respublikadagi barcha toifaga kiruvchi transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Toshkent shahar hokimligiga ham bir qator vazifalar yuklandi:

  • 2026 yil bahor va kuz mavsumlarida Toshkent shahrining 33 km uzunligidagi kichik halqa yo‘li bo‘ylab «Yashil koridor» loyihasini amalga oshirish;

  • 2026 yil 1-aprelga qadar xorijiy kompaniya va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb qilgan holda «Yashil Toshkent» master rejasini ishlab chiqish;

  • Toshkent shahrining 700 ta chorrahasida zamonaviy, sun’iy intellekt yordamida harakat okimini boshqarish imkoniyatiga ega intellektual svetofor tizimini joriy qilish.

Avvalroq «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda avtomashinalar harakati juft va toq raqamlariga qarab cheklanadi: elektromobillar mustasno | Vaqt.uz