add

Toshkentda avtomobillardagi reklamalar ham olib tashlanmoqda

Bugun 13:251322

Poytaxtda avtomobillarga tegishli ruxsatnomasiz o‘rnatilgan reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilyapti.

Toshkentda avtomobillardagi reklamalar ham olib tashlanmoqda

Toshkent shahrida reklama pasportisiz harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davom etmoqda, deya xabar qilmoqda shahar hokimligi.

1

Qayd etilishicha, so‘nggi reydlarda 470 ta reklama joylashtirilgan avtomobil tekshirildi. Ulardan 390 tasida reklama pasporti mavjud emasligi aniqlandi. «Reklama to‘g‘risida»gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarori talablariga zid holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Ushbu tadbirlar Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, shahar hokimligi hamda Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilyapti. Bundan maqsad reklama faoliyatini qonuniy tartibda yo‘lga qo‘yish va shahar qiyofasini tartibga solish ekanligi ta’kidlandi.

3

Shahar hokimligiga ko‘ra, reklama pasporti haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan haydovchilarga huquqiy tushuntirish berilib, 389 ta ogohlantirish xatlari topshirilgan. 1 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan. Natijada avtotransportlar bo‘yicha 1200 ta ariza kelib tushgan.

4

Ta’kidlanishicha, reklamani qonuniy joylashtirish uchun my.gov.uz portali orqali pasport olinishi kerak.

Dastlab, 2024 yilda Toshkent shahar hokimligi tartibsiz reklamalar ongosti darajasida charchatib, shaharda bo‘lishni noqulay qilishi sabab barcha noqonuniy reklamalar olib tashlanishidan ogohlantirgan edi. Bunda reklamalarni Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlangan yagona dizayn-kod talablariga muvofiqlashtirish choralari ko‘rilishi ta’kidlangandi.

Shuningdek, shu yilning may oyida shahar hokimligi qonuniylikni ta’minlash va poytaxtning me’moriy yaxlitligini saqlash maqsadida tegishli ruxsat hujjatlari bo‘lmagan reklamalar olib tashlanyotganini ma’lum qildi.

Yaqinda esa tadbirkorlar shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hatto do‘konlar va dorixonalardagi «mini market», «dorixona», «go‘sht do‘koni» kabi oddiy yozuvlarni ham reklama deb baholaganidan norozi bo‘lishgandi. Tadbirkorlarga peshlavhalarning bir metr kvadratdan ortiq qismi uchun har bir metr kvadratiga oyiga 60 ming so‘mdan soliq to‘lashi kerakligi aytilgan.

Toshkent shahar hokimligining tashqi reklama bo‘yicha so‘nggi xabarida: «Reklama faoliyatini qonuniy asosda olib borish — bu shunchaki rasmiy talab emas, balki shahar qiyofasi, yo‘l harakati xavfsizligi va tadbirkorning obro‘si uchun muhim omildir», deyiladi.

Teglar

Mavzuga oid

Toshkentda avtomobillardagi reklamalar ham olib tashlanmoqda | Vaqt.uz