Toshkentdagi eng qimmat uylar qaysi hududlarda joylashgan?
Toshkentda uy-joy narxlari hududlar kesimida farqlanmoqda. Uylarning qurilish turi, ta’mir holati va uy maydoni ham narxga ta’sir qilmoqda.
Uy savdosi bo‘yicha hududlar kesimidagi e’lonlarga ko‘ra, yangi qurilgan uylarda hozir 1 kvadrat metr uchun narxlar odatda 900 dollardan boshlanib, 2 200 dollargacha yetadi. Ayniqsa, bir xonali kvartiralarda tafovut yanada sezilarli: joylashuviga qarab ularning qiymati bir necha barobar farq qilishi mumkin.
2025 yilda ko‘chmas mulk bozoridagi umumiy faollik oshgan bo‘lsa-da, Toshkent shahrida narxlar geografiyasida muhim o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan 2025 yilning IV choragi bo‘yicha ko‘chmas mulkbozori tahlilida ko‘rish mumkin.
Xususan, Toshkent shahrida 2025 yilda uy-joynarxlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Mirobod tumanida qayd etildi. Bu hududda narxlar Olmazor tumaniga nisbatan o‘rtacha 23,7 foizga yuqori shakllangan.
Ushbu holatni yaxshiroq o‘rganish uchun biz poytaxtdagi turli tumanlar kesimidagi e’lonlarni tahlil qildik. Shuningdek, kvartira turlariga qarab narxlar solishtirildi va Toshkent uy-joy bozoridagi asosiy tendensiyalar o‘rganildi.
Eng qimmat uylar
Toshkentda yangi qurilgan uylar orasida eng yuqori narxlar asosan markazga yaqin hududlarda shakllanmoqda. Xususan, Mirobod, Yakkasaroy hamda Shayxontohur tumanlari birlamchi bozorda yetakchilik qilmoqda.
E’lonlar tahliliga ko‘ra, bu hududlarda 1 kvadrat metr uchun narxlar turlicha: Mirobodda taxminan 1 470–2 200 dollar, Yakkasaroyda 1 400–2 000 dollar, Shayxontohurda esa 1 350–1 950 dollar atrofida.
Albatta, ayrim premium toifadagi turar-joy majmualarida narxlar bundan ham yuqori — hatto 1 kvadrat metr uchun 2 500–3 000 dollar va undanortiq ko‘rsatkichlar ham uchraydi.
O‘rtacha narx segmenti
Toshkentda nisbatan barqaror va o‘rta darajadagi narxlar asosan Mirzo-Ulug‘bek, Yunusobod hamda Chilonzor tumanlarida kuzatiladi. Bu hududlarda yangi qurilgan uylarda 1 kvadrat metr narxi odatda 1 300–1 650 dollar oralig‘ida shakllangan.
Nisbatan arzon hududlar
Bozordagi arzonroq narx esa Sergeli va Bektemir tumanlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu tumanlarda 1 kvadrat metr uchun narxlar Sergelida taxminan 900–1 200 dollarni, Bektemirda esa 900–1 250 dollar atrofini tashkil etadi.
Mazkur narxlar markaziy joylashuv, biznes vaxizmat ko‘rsatish infratuzilmasinin grivojlangani hamda yuqori talab bilan izohlanadi. Shuningdek, yangi qurilgan turar-joy majmualari ulushi ham narxlarni oshiruvchi omillardan hisoblanadi.
Shaharda eng past narxlar Bektemir tumanida kuzatildi. Bu yerda uy-joylar narxi bozor o‘rtachanarxiga nisbatan 24,4 foizga arzon.
Bu farq asosan shahar markazidan uzoqlik, infratuzilmaning nisbatan kam rivojlangani va talab darajasining pastligi bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda Yunusobod tumanida uy-joylarga bo‘lgan talab barqaror o‘smoqda. Agar 2022–2023 yillarda bu hududda narxlar Olmazor bilan deyarli teng bo‘lgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib farq 10 foizgacha oshgan.
Qurilish turi, ta’mir holati va maydonnarxni belgilaydi
Uy-joy narxlariga qurilish materiali ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Panel uylar asosiy baza sifatida olinganda, g‘ishtdan qurilgan uylar 3–6 foizga qimmatroq baholangan. Monolit binolar narxi esa so‘nggi yillarda yanada tez o‘smoqda. Shuningdek, ta’mir holati ham muhim omil bo‘lib, 2024 yilda yangi ta’mirlangan xonadonlar o‘rtacha ta’mirdagi uylarga nisbatan 7–8 foizga qimmat sotilgan.
Birlamchi bozor ustunlikka chiqdi
2022 yilda yangi qurilgan uylar ikkilamchi bozorga nisbatan 3–6 foiz arzon bo‘lgan. Ammo 2025 yilga kelib vaziyat o‘zgardi — birlamchi bozordagi uylar ikkilamchi uylarga nisbatan o‘rtacha 3 foizga qimmat baholanmoqda. Bu yangi uylarga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston bo‘ylab narxlar dinamikasi
Respublika bo‘ylab qaralganda, 2025 yilda uy-joynar xlari turli valutada turlicha dinamikani ko‘rsatdi. Dollar hisobida birlamchi bozorda narxlar 5,7 foizga, ikkilamchi bozorda 7,9 foizga oshgan. Biroq so‘m hisobida birlamchi bozorda 1,3 foizga pasayish, ikkilamchi bozorda esa 0,7 foizlik o‘sish kuzatildi. Bu farq sotuvchilarning narx belgilashda asosan xorijiy valutaga tayanayotgani va hisob-kitoblarni bosqichma-bosqich milliy valutaga o‘tkazayotgani bilan izohlanadi.
Ijara bozori ham qimmatlashmoqda
Ijara bozorida ham o‘sish saqlandi: respublika bo‘yicha ijara narxlari yil yakunida 8,3 foizga oshdi. Toshkent shahrida esa so‘m hisobida narxlar deyarli o‘zgarishsiz qolib, bozorda talab va takli fmuvozanati shakllanganini ko‘rsatdi.
Yer uchastkalari narxi: chekka hududlarda taklif oshdi
Toshkent shahrida 100 kv.m. (1 sotix) yer maydonining narxi dekabr oyi yakunida 319 mln so‘mni tashkil etdi va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 foizga pastroq bo‘ldi. Bu asosan shahar chekka hududlarida taklifning 22 foizga oshgani bilan bog‘liq.
Sotib olishdan oldin tekshirish
Yangi qurilayotgan uydan kvartira olishdan oldin, albatta Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” platformasi orqali loyihani tekshirib chiqish kerak. Bu servis orqali obekt rasmiy ro‘yxatdan o‘tganmi-yo‘qmi, hozir qaysi bosqichda ekani, quruvchi tashkilot kimligi hamda loyihadagi umumiy kvartiralar soni haqida ma’lumot olish mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, bu xizmat barcha xavflardan to‘liq himoya qilmaydi, lekin xarid oldidan qilinadigan eng muhim va oddiy tekshiruvlardan biri hisoblanadi. Bir necha daqiqa vaqt ajratib tekshirib olish keyinchalik katta muammolarning oldini olishi mumkin.
Teglar






