add

Tramp Baydenning buyruqlarini avtoqalam bilan bekor qildi

29.11.2025 | 12:013301 daqiqa

Trampga ko‘ra, Bayden avtoqalamni qo‘llash jarayoniga aralashmagan. «Agar u buning aksini aytsa, unga yolg‘on guvohlik berganlik aybi qo‘yilishi mumkin», - deya qo‘shimcha qildi u.

Tramp Baydenning buyruqlarini avtoqalam bilan bekor qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi 46-prezident Jo Bayden tomonidan avtomatik imzolash qurilmasi - avtoper yordamida imzolangan barcha farmonlar va boshqa hujjatlarni bekor qilishga qaror qildi.

«Uyquchi Jo Bayden tomonidan avtoper yordamida imzolangan har qanday hujjat, ya’ni barcha hujjatlarning taxminan 92 foizi, shu bilan bekor qilinadi va o‘z kuchini yo‘qotadi. Avtoqalamdan Qo‘shma Shtatlar prezidentining maxsus ruxsatisiz foydalanish mumkin emas», - deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

U yana qo‘shimcha qilishicha, Bayden uchun hujjatlarni avtoper yordamida imzolagan yordamchilari buni noqonuniy ravishda amalga oshirgan.

Avtoper Jo Baydenning prezidentlik muddati oxirida afv etish va jazolarni yengillashtirish uchun ishlatilgan. Baydenning o‘zi qarorlarni og‘zaki ma’qullaganini, yordamchilari esa "ko‘p sonli odamlar haqida gap ketayotgani" uchun avtoperdan foydalanganini aytgan.

Teglar

Mavzuga oid