add

Ukraina Kaspiy dengizda Rossiya kemalariga zarba berganini iddao qilmoqda

Kecha 18:193961 daqiqa

Ukraina qurolli kuchlari maxsus operatsiya kuchlari Kaspiy dengizida Rossiyaga tegishli ikki harbiy yuk tashuvchi kemani nishonga oldi. Aytilishicha, operatsiyada mahalliy qarshilik harakati ham ishtirok etgan.

Ukraina Kaspiy dengizda Rossiya kemalariga zarba berganini iddao qilmoqda

Kaspiy dengizida Ukraina Qurolli kuchlari maxsus operatsiya kuchlari Rossiyaga tegishli ikki ta harbiy yuk tashuvchi kemani nishonga olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoniga ko‘ra, ushbu kemalar Rossiya va Eron o‘rtasida harbiy texnika hamda qurol-yarog‘ tashishda ishtirok etgan.

UQK maxsus operatsiya kuchlari Telegram orqali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, operatsiya mahalliy qo‘zg‘alonchilar harakati sifatida ta’riflangan «Qora uchqun» guruhi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Harakat vakillari Rossiya kemalarining harakat yo‘nalishlari hamda tashilayotgan yuklari haqida aniq razvedka ma’lumotlarini taqdim etgan.

Ma’lum qilinishicha, nishonga olingan kemalar orasida «Kompozitor Raxmaninov» va «Askar-Sarija» nomli kemalar bor. Ukraina tomoni ushbu kemalar Rossiya tomonidan harbiy maqsadlarda qo‘llanilgani va ular AQSH sanksiyalari ostida ekanini ta’kidlamoqda. Aytilishicha, mazkur kemalar Rossiya va Eron o‘rtasida harbiy yuk tashish zanjirida muhim bo‘g‘in hisoblangan.

VSU maxsus operatsiya kuchlari bayonotida bunday amaliyotlar Rossiya armiyasining hujumkor salohiyatini zaiflashtirishga qaratilgan asimmetrik choralar sifatida baholangan. Qayd etilishicha, dengiz yo‘llari orqali harbiy ta’minotni buzish front ortidagi logistikaga jiddiy zarba berishi mumkin.

Rossiya tomoni hozircha ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirmadi.

Teglar

Mavzuga oid