add

Uzauto Motors 9 oyda 1,3 trln so‘m soliq to‘ladi

Bugun 12:252281

O‘zbekistondagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar va ularga berilgan soliq imtiyozlari miqdori ma’lum qilindi.

Uzauto Motors 9 oyda 1,3 trln so‘m soliq to‘ladi

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 59 732 ta yuridik shaxs tomonidan 67,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu davrda ishlab chiqarish korxonalarining tovar aylanmasi 665,5 trln so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, ularga 33,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Umumiy soliq tushumlarining 14,1 trln so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 168 trln so‘m, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 2 trln so‘mdan oshgan.

Jumladan, yanvar–sentabr oylarida «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi eng ko‘p – 2,6 trln so‘m soliq to‘lagan. Shu bilan birga, «Uzbat AO» 2,1 trln so‘m, «Uzauto Motors» 1,3 trln so‘m, «Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi» 1,2 trln so‘m soliq to‘lagani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xizmat ko‘rsatish korxonalariga 9 oyda 25,7 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Uzauto Motors 9 oyda 1,3 trln so‘m soliq to‘ladi | Vaqt.uz