add

Uztelecom, Ucell, Beeline va Mobiuz: qay biri ko‘proq soliq to‘lagan?

Bugun 11:559351 daqiqa

Mobil operatorlar va boshqa xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan to‘langan soliqlar, tovar aylanmasi va ularga berilgan imtiyozlar miqdori ma’lum qilindi.

Uztelecom, Ucell, Beeline va Mobiuz: qay biri ko‘proq soliq to‘lagan?

2025 yil yanvar–oktabr oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 161 473 ta yuridik shaxs tomonidan 33,9 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu davr mobaynida ushbu davr mobaynida xizmat ko‘rsatish korxonalarining tovar aylanmasi 364 trln 29,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shu jumladan, ularga jami 28,8 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan.

Shuningdek, 10 oy davomida to‘langan soliqlarning 6 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 17,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu korxonalarning jami tovar aylanmasi 74,2 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 6,5 trln so‘mni tashkil etgan.

photo_2025-12-16_10-55-58

Jumladan, yanvar–oktabr oylarida xizmat ko‘rsatish bozorida katta miqdorda soliq to‘lagan mobil operatorlar quyidagilar bo‘ldi:

«O‘ZBEKTELEKOM» AJ (Uztelecom) – 1 trln 6,3 mlrd so‘m;

«UNITEL» MCHJ XK (Beeline) – 321,6 mlrd so‘m;

«COSCOM» MCHJ (Ucell) – 263,3 mlrd so‘m;

«Universal Mobile Systems» MCHJ (Mobiuz) – 185,3 mlrd so‘m.

Teglar

Mavzuga oid