Logo

Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshiriladi

Bugun 20:301 daqiqa

O‘zbekistonda yaroqlilik muddati o‘tgan hamda ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingan yangi qonun loyihasida ma’lum qilindi.

Yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshiriladi

Kodeksga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Mazkur qonun loyihasi bilan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning 178-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shartligi belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli sanalari ko‘rsatilmagan holda realizatsiya qilish hamda sotish maqsadida qabul qilganlik uchun ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha jarimalar miqdorini oshirish va javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Ushbu hujjatning asosiy maqsadi aholi salomatligi va hayotini mustahkamlashdan iboratdir. Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda deputatlar qonun loyihasining ahamiyati va zaruratini e’tiborga olib, undagi ayrim normalar bo‘yicha qonun tashabbuskorlariga aniqlashtiruvchi savollar berishdi. Shuningdek, loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Teglar

Mavzuga oid