add

Aliyev Markaziy Osiyoni G‘arb bilan bog‘lashda eng qisqa va ishonchli yo‘nalishni aytdi

Kecha 18:581 daqiqa

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya orqali o‘tuvchi Shimoliy yo‘nalish Ukrainadagi urush va G‘arb sanksiyalari tufayli ishonchsiz holatga kelgan.

Aliyev Markaziy Osiyoni G‘arb bilan bog‘lashda eng qisqa va ishonchli yo‘nalishni aytdi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev hozirgi geosiyosiy sharoitda mamlakat Markaziy Osiyoni G‘arb bilan geografik jihatdan bog‘lay oladigan yagona ishonchli davlat ekanini ta’kidladi. Bu haqda u mahalliy telekanallarga bergan intervyusida so‘z ochdi.

«bugungi kunda o‘zaro bog‘liqlik, transport va logistika masalalari ko‘plab yetakchi xalqaro ishtirokchilar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mavjud geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, to‘la ishonch bilan ayta olamizki, G‘arb uchun muqobil yo‘nalishlar maqbul deb hisoblanishi mumkin emas», — dedi u.

Aliyevning qayd etishicha, boshqa yo‘llar mavjud bo‘lsa-da, aynan Ozarboyjon mintaqalar o‘rtasidagi barqaror hamkor va bog‘lovchi bo‘g‘in rolini o‘ynamoqda.

«Yirik loyihalarni amalga oshirishga qodir mamlakat sifatida bizning o‘rnimiz, tabiiyki, ortib boraveradi va biz buni amalda ko‘rib turibmiz», — deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Teglar

Mavzuga oid