add

Aliyev Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi

11.08.2025 | 17:0050153

Bu pullarga Ukrainaga Ozarboyjonda ishlab chiqarilgan elektr uskunalari yetkazib beriladi.

Aliyev Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Energetika vazirligiga Ukrainaga humanitar yordam ko‘rsatish maqsadida 2 mln dollar ajratish haqida farmoyish imzoladi. Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, mablag‘lar Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr uskunalarini sotib olish va Ukrainaga jo‘natishga yo‘naltiriladi. Bu qaror 10 avgust kuni Aliyev va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning qo‘shma bayonotidan so‘ng qabul qilindi. Unda tomonlar Ozarbayjonning Ukrainadagi SOCAR neft omboriga va ozarbayjon gazini yetkazib beruvchi kompressor stansiyasiga qilingan «Rossiya hujumlari»ni qoraladi. Boku va Kiyev bu hujumlar energetika sohasidagi hamkorlikka ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi. Caliber.az yozishicha, 8 avgustga o‘tar kechasi Odessadagi SOCAR neft bazasiga zarba berilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi esa 2–8 avgust kunlari Ukrainadagi «gaz-transport tizimi ob’ektlari»ga zarbalar berilganini, ular faqat harbiy va energetik infratuzilmalarga qaratilganini ma’lum qildi. Ayrim tahlilchilar bu voqealarni Moskva va Boku munosabatlaridagi keskinlikning yangi bosqichi sifatida baholamoqda. Bunga Ozarbayjon samolyotining Aqtauda halokatga uchrashi va Yekaterinburgda ozarbayjonliklarning qo‘lga olinishi kabi holatlar ham turtki bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid