add

Andijondagi fabrika kanalni zaharli suvlar bilan ifloslantirdi

27.07.2025 | 14:0036042

Buloqboshi tumanidagi trikotaj-tikuv fabrikasi oqova suvlari orqali katta Janubiy Farg‘ona kanalini ifloslantirdi. Suv tarkibida nitrit va nitrat tuzlari, ishqor va bo‘yoqlar borligi aniqlandi.

Andijondagi fabrika kanalni zaharli suvlar bilan ifloslantirdi
26 iyul kuni ertalab Buloqboshi tumani, Shirmonbuloq hududidan oqib o‘tuvchi kanalda noodatiy ko‘piklar paydo bo‘lgan. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Tuman hokimligi bu haqda ma’lumot berib, darhol Sanepidqo‘m bo‘limi tomonidan suv namunalari olinib, tahlilga yuborilganini bildirdi. «O‘zgidromet» hamda Ekologiya qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan laboratoriya tahlillari natijasida suvning fizik va kimyoviy tarkibi o‘zgargani, uning tarkibida nitrit va nitrat tuzlari, ishqor va bo‘yoqlar borligi tasdiqlandi. Bu moddalar odamlar va ekotizim uchun xavfli hisoblanadi. Mutaxassislar fabrika tomonidan matolarni qayta ishlashda ishlatilgan suvning kanalga oqizilishi sabab bo‘lganini aniqlashdi. Bu esa suvning tarkibida keskin o‘zgarishlarga olib keldi. Fabrika nomi rasman ochiqlanmagan. Viloyat prokuraturasi holatni nazoratga olgan. Ekologiya qo‘mitasi esa muammoni bartaraf etganini ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid