add

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga kelmoqchi

Bugun 15:542711

AQSH davlat kotibi Marko Rubio 2026 yili Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga kelmoqchi

AQSH davlat kotibi Marko Rubio 2026 yilda Markaziy Osiyo davlatlariga rasmiy tashrif uyushtirishini e’lon qildi. Uning safar yo‘nalishiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi. Bu haqda Rubio 6 noyabr kuni Vashingtonda AQSH Davlat departamentida Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabul marosimida ma’lum qildi.

«Men kelasi yili barcha besh davlatga tashrif buyurishni rejalashtirganman. Safar bir hafta yoki undan ortiq vaqt davom etadi», — dedi davlat kotibi.

Marko Rubio o‘z nutqida AQSH va Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish, bozor infratuzilmasiga kirish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi manfaatlari o‘zaro mos kelishini ta’kidladi.

Uning ta’kidlashicha, Vashington mintaqadagi davlatlar bilan ham ikki tomonlama, ham C5+1 formati doirasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan umidvor. Bu tashrif Markaziy Osiyo bilan AQSH o‘rtasidagi strategik muloqotni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarboyjon «C5+1» formatiga qo‘shilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

AQSH davlat kotibi O‘zbekistonga kelmoqchi | Vaqt.uz