Yana bir tashkilotga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi
O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya olgan korxonalar soni 15 taga yetdi.
© incyberIstiqbolli loyihalar milliy agentligi 2026-yil 9-noyabr kuni kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun «C-STORE» MCHJga litsenziya berdi. Bu haqda agentlikning matbuot xizmati xabar berdi.
«C-STORE» MCHJga berilgan yangi litsenziyadan so‘ng O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega korxonalar soni 15 taga yetdi.
Shuningdek, hozirgi kunda mamlakatda kripto-birja faoliyati bo‘yicha «Kobea Group» va «Coinpay» kompaniyalari litsenziyaga ega.
Ma’lumot uchun, fuqarolarga kripto-aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni O‘zbekistonda belgilangan tartibda litsenziya olgan platformalar orqali amalga oshirish tavsiya etiladi. Bunday faoliyatni yuritish huquqiga ega korxonalar ro‘yxati bilan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining rasmiy sayti — «napp.uz» orqali tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 26-oktabr kuni «Monetex» MCHJ korxonasiga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgandi.





