Logo

Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish oqibatida tabiatga 8,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Bugun 15:201 daqiqa

Gumonlanuvchi o‘ziga tegishli bo‘lmagan yaylov yerlaridan qum-shag‘al aralashmasini ruxsatsiz qazib olgan. Qoidabuzarlik yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.

Buxoroda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish oqibatida tabiatga 8,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi © Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Buxoro viloyatida dron yordamida o‘tkazilgan reydda G‘ijduvon tumanining «Ko‘kcha» mahallasi hududidagi yaylov yeridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Aytilishicha, B.G‘. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer maydonidan qum-shag‘al aralashmasini ruxsatsiz qazib olgan.

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga yetkazilgan zarar 8,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va qonuniy choralar ko‘rish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham 33 tup daraxt va qariyb 3 ming tup buta noqonuniy qo‘porilib, tabiatga zarar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid