add

Berdimuhammedov Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq, Aliyevga axaltekin oti sovg‘a qildi

22.08.2025 | 23:0035402

Oliy martabali mehmonlarga «Galkinish» milliy ot sportijamoasi axaltaka zotli tulporlarining chiqishlari namoyish etilgan.

Berdimuhammedov Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq, Aliyevga axaltekin oti sovg‘a qildi
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloqni sovg‘a qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ot 2 Ozarboyjon nashrlariga ko‘ra, Berdimuhamedov Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va turkman xalqi nomidan Taus nomli Axalteki otini sovg‘a qilgan. Qayd etilishicha, uch yetakchi birgalikda «Avaza» kongress markazi yonidagi maxsus maydonga tashrif buyurgan. Oliy martabali mehmonlarga «Qalqinish» milliy ot sportijamoasi axaltekin zotli tulporlarining chiqishlari namoyish etilgan. Dunyoga mashhur «Qalqinish» ot sporti guruhi bu yil Monte-Karloda bo‘lib o‘tgan 47-xalqaro sirk festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin mukofotga sazovor bo‘ldi, shuningdek, Istanbulda bo‘lib o‘tgan Xalqaro etnosport festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Teglar

Mavzuga oid

Berdimuhammedov Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq, Aliyevga axaltekin oti sovg‘a qildi | Vaqt.uz