
Britaniya Isroilga qarshi yangi choralar qo‘llashga tayyorligini bildirdi
09.07.2025 | 13:4010263
Britaniya tashqi ishlar vaziri David Lemmi agar G‘azodagi urush to‘xtamasa, Isroilga nisbatan yanada qattiq choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. Bu orqali mamlakat xalqaro bosimni kuchaytirishga qo‘shildi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri David Lemmi Isroilga qarshi yangi siyosiy choralar qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar G‘azodagi nizo barham topmasa, London Isroilga nisbatan qat’iy siyosat yuritadi. Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi xabar berdi.
Lemmi G‘azoga gumanitar yordam yetkazish maqsadida tashkil etilgan AQSH va Isroil qo‘llab-quvvatlayotgan fondni samarasiz deb baholadi. Uning fikricha, bu tizim ocharchilikka chek qo‘ya olmayapti, minglab falastinliklar hayotdan ko‘z yummoqda. Shu bilan birga, Britaniya bu fondni tanqid qilishda yetakchi pozitsiyani egallayotganini aytdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 maydan buyon yordam kutib turgan 751 falastinlik halok bo‘lgan, qariyb 5 ming kishi yaralangan.
2025 yil 5 may kuni Isroil hukumati G‘azodagi harbiy operatsiyalarni kuchaytirishga qaror qilgan. Shu munosabat bilan 20 mayda Kanada, Britaniya va Fransiya Isroilning harakatlarini tanqid qildi. Britaniya hukumatining javobi sifatida Isroil bilan savdo muzokaralari to‘xtatildi, so‘ngra mamlakat elchisi chaqirib olindi.
Iyun oyida esa Britaniya Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya bilan birgalikda Isroilning ikki vaziriga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu amallar falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlik sabab sodir etilgan.
2 iyul kuni Isroil 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi.





