add

Endilikda «103» xizmat sifati bo‘yicha murojaatchiga qayta qo‘ng‘iroq qilinadi

22.07.2025 | 20:2042332

O‘zbekistonning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati — «103» faoliyati maxsus «Call-back» tizimi orqali nazorat qilinadi.

Endilikda «103» xizmat sifati bo‘yicha murojaatchiga qayta qo‘ng‘iroq qilinadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, joriy yildan boshlab Respublika tez tibbiy yordam markazining barcha hududiy filiallarida «Call-back» (qayta qo‘ng‘iroq) tizimi joriy etilmoqda. Samarqand viloyati tajribasidan kelib chiqib, ushbu tizim butun mamlakat bo‘ylab yo‘lga qo‘yilyapti. Xabar berilishicha, tizim orqali «103» xizmati tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifati yuzasidan aholi fikri o‘rganilib, xizmatlar doimiy nazorat qilib boriladi. «Call-back» tizimi e’tirozlarning sababini oldindan aniqlab, ularni bartaraf etish imkonini beradi. «Ayni paytda mazkur tizim orqali «Tez yordam» brigadalari faoliyati doimiy nazorat qilib borilyapti. Natijada aholidan bo‘layotgan e’tirozlar soni avvalgi yillarga nisbatan anchayin kamaydi. Xususan, o‘tgan yilning may-iyun oylarida «103» xizmatiga jami 783 ta ana shunday murojaat kelib tushgan bo‘lsa, 2025 yilning ayni shu davrida bu ko‘rsatkich 32,3 foizga kamayib, 538 tani tashkil etdi», deyiladi SSV xabarida.

Teglar

Mavzuga oid