
Ertadan “metan zapravka”lar kuniga 6 soat ishlaydi
01.02.2026 | 13:311 daqiqa
Farg‘ona vodiysida esa ularning ish vaqti hokimliklar bilan kelishgan holda belgilanadi.
© Foto: Vaqt.uz Ertaga, 2-fevraldan boshlab “metan zapravka”lar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.
«Ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi», deyiladi xabarda.
20-yanvarda sovuq ob-havo va gazga talab oshishi ortidan O‘zbekistonda metan zapravkalar faoliyati yana vaqtincha cheklangan, ammo ish jadvali esa ochiqlanmagandi.





